“Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyishi
Ayni paytda, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, yoshlarni turli diniy ekstremistik va terroristik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu borada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Jahon jamoatchiligini diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm balosi katta tashvishga solmoqda. Terrorizm mamlakatlar va fuqarolar xavfsizligiga tobora ko’proq tahdid solmoqda, aholiga kuchli psixologik ta’sir ko’rsatib, ko’plab odamlarning umriga zomin bo’lib, ulkan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Shu kabi illatlarga qarshi kurashish maqsadida joriy yilning 28-29 yanvar kunlari Soliq akademiyasida professor-o’qituvchilar va talabalar uchun davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida O’zbekkino milliy agentligi tomonidan tayyorlangan “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film barcha talabalar va professor-o’qituvchilarga namoyish etildi.