O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.

« Back

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi. 22.04.2016 15:03

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 33-f-sonli Farmoyishiga muvofiq, 2016 yil 22 aprel kuni Soliq akademiyasida «Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda soliq siyosatini o‘rni» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyada etuk iqtisodchi olimlar va amaliyotchilar  o‘z  ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Xususan, O‘zbekiston Milliy Universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.d., professori  Vaxabov Abdurahim Vosikovich - “Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda investitsiyalarning o‘rni” mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Moliyaviy tizim va resurslarni boshqarish kafedrasi mudiri i.f.d.,professori Toshmatov Shuxrat Amanovich  –“O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishda soliq ma’murchiligini takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq solish metodologiyasi boshqarmasi  bosh inspektori  Boymurotov Sodikjon Razzokovich  – “Soliq qonunchiligi shaffofligini ta’minlashda, soliq ma’murchiligini takomillash-tirish masalalari” mavzularida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Konferensiya bo‘yicha nashr qilingan to‘plamda respublikamiz etuk iqtisodchi olimlari, amaliyotchilari va tadqiqotchilarning “Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda soliq ma’murchiligini takomillashtirish masalalari”, “Elektron tijorat, elektron shaklda hisobot taqdim etishda buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlilning muammolari”, “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va deversifikatsiyalashda investitsion faoliyatning ahamiyati”, “Investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda moliya-bank tizimining o‘rni”, “Tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda  axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning dolzarb masalalari” yo‘nalishlaridagi yangi izlanishlari jamlangan.

Konferensiya ishi yakuni bo‘yicha hisoboti hamda ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga va Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.

kon2

kon1

kon3

kon4