O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Shaxmat turi bo'yicha shaxsiy birinchilik musobaqalari o'tkazildi.

Shaxmat turi bo'yicha shaxsiy birinchilik musobaqalari o'tkazildi.

« Back

Shaxmat turi bo'yicha shaxsiy birinchilik musobaqalari o'tkazildi. 04.10.2015 17:15

2015 yil 30 sentyabr – 3 oktyabr kunlari Soliq akademiyasining kutubxonasida Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi “Jismoniy tarbiya” kafedrasining 2015-2016 o‘quv yili kafedra rejasidagi 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan sport tadbiri ijrosini ta’minlash yuzasidan akademiyaning professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar o‘rtasida, professor-o‘qituvchilarning taklifiga binoan sportning Shaxmat turi bo‘yicha shaxsiy birinchilik musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada bir qator professor-o‘qituvchilar, xodim va talabalar qatnashdilar. Talabalardan akademiya talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqaning sovrindor bo‘lganlari qatnashdilar. Musobaqa aylanma shaklda bo‘lib, har bir ishtirokchi bir-biri bilan musobaqalashib ochko yig‘ishdi. Musobaqa aylanma shaklda bo‘lganligi tufayli uch kun davom etdi va o‘z g‘oliblarni ochko orqali aniqlandi.

Musobaqada fahrli uchinchi o‘rinni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi o‘qituvchisi Bozorov Akmal egalladi. Musobaqada fahrli ikkinchi o‘rinni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi o‘qituvchisi Davranov Iskandar egalladi. Barcha raqiblardan ko‘p ochko to‘plagan “Informatsion texnologiyalar dotsenti Tojiev Ilxom musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Musobaqalarni “Jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Sodiqov tashkillashtirdi, unga “Kamolot” yoshlar harakati sardori Sh.O‘ktamov yordamlashdi.

Musobaqa g‘oliblari akademiyaning fahriy diplomlari bilan taqdirlandilar.

20150930_160544

20150930_155156

 20150930_155058