O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Shu aziz Vatan - barchamizniki!

Shu aziz Vatan - barchamizniki!

« Back

Shu aziz Vatan - barchamizniki! 18.05.2015 16:01

    Soliq akademiyasida 2015 yil 18 may kuni “Shu aziz Vatan – barchamizniki!” mavzusida olimlar, yozuvchi-shoirlar va san’at namoyondalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti t.f.n., - Valijon Ishquvvatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, yozuvchi, tarjimon - Adxambek Alimbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, estrada xonandasi - Azim Mullaxonov, O‘zbek davlat drama teatri aktyori - Sardor Mansurov va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxasslari I.CHoriev hamda S.Axmedovlar ishtirok etdilar.

    Tadbirda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, yosh avdlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ta’lim-tarbiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni keng yoritish maqsadida “Shu aziz vatan barchamizniki” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar barcha ta’lim muassasalarda uyushqoqlik bilan o‘tkazib kelinayotganligi qayd etildi. Tadbir mehmoni V.Ishquvvatov o‘zining ma’ruzasida qo‘shni mamlakatlarda kechayotgan og‘ir jarayonlar va bo‘lib o‘tgan noxush voqealar haqida gapirar ekan, ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki o‘z tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash ekanligini aytdi. Har qanday urush begunoh aholining qiyinchiliklari va iztiroblari bilan tugaydi, lekin bu kabi tartibsizliklarga ayrim kimsalar faqat moddiy manfaat topish uchungina qo‘l uradilar. O‘zbekistonimizni asrash, uning tinchligini barqarorlashtirish esa yoshlarning qo‘lida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi A.Alimbekov bugungi kunda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar zamirida inson omili turishi, o‘ttiz bir milliondan oshiq katta xalq yashaydigan bu makonda baynalmilallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik eng ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. Taniqli estrada xonandasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov bugungi tinchlik-osoyishtaligimizni ko‘z qorachig‘idek asrashimiz lozimigi, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lida ulkan yutuqlarga erishayotgani har bir yoshning qalbida faxr-iftixor tuyg‘usi yanada jo‘sh urdirishini ta’kidlab, dilrabo kuy-qo‘shiqlar bilan barchani hushnud etdi. Tadbir davomida O‘zbek davlat drama teatri aktyori S.Mansurov yig‘ilganlarni o‘z qiziqarli chiqishlari bilan xushnud etdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan ijobiy javoblar olishdi.

    Tadbir yoshlarni vatanga sadoqatli, uni asrab avaylash va  mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy ehtiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli tahsirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

 

18may7