O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Soliq akademiyasida 2016 yil 30 yanvar kuni Prezidentimizning 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Soliq akademiyasida 2016 yil 30 yanvar kuni Prezidentimizning 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

« Back

Soliq akademiyasida 2016 yil 30 yanvar kuni Prezidentimizning 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. 30.01.2016 18:28

Soliq akademiyasida 2016 yil 30 yanvar kuni Prezidentimizning 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi raisining o’rinbosari Soliq akademiyasi rektori E.Gadoyev ma’ruza qildi. Ma’ruzada Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda soliq bo’yicha berilayotgan imtiyozlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojida muhim omil bo’layotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz soliq-byudjet siyosatidagi o’zgarishlar, xususan, xo’jalik sub’ektlari va aholi daromadlariga nisbatan soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq qonunchiligini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda. Хususan, davlatimiz rahbarining yuqorida zikr etilgan qarori asosida yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, aholining real daromadlarini oshirish maqsadida qator soliq va majburiy to’lovlar stavkalari pasaytirildi, imtiyozlar muddati uzaytirildi. Qayd etilganidek, 2015 yilning 22 dekabrida Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholining real daromadlarini oshirish maqsadida qator soliq va majburiy to‘lovlarning stavkalari pasaytirildi, shuningdek qonun hujjatlariga asosan berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi.

Xususan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 yildagi 6 foizdan 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz qilib belgilandi. Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi ham 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz qilib belgilandi.

Seminarda soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlarning, soliq va moliyaviy hisobotlarni elektron ko’rinishda taqdim etishning afzalliklari bo’yicha tinglovchilarga keng ma’lumotlar berildi.

SAM_0796

SAM_0803

SAM_0800