O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Soliq akademiyasida 2017 yil 19 may kuni konferensiya bo‘lib o‘tdi

Soliq akademiyasida 2017 yil 19 may kuni konferensiya bo‘lib o‘tdi

« Back

Soliq akademiyasida 2017 yil 19 may kuni konferensiya bo‘lib o‘tdi 20.05.2017 14:58

     Mazkur ilmiy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi yetakchi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlari instituti, Bank-moliya akademiyasi, Soliq akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Oliy harbiy bojxona instituti, soliq kollejlari va boshqa oliy o‘quv muassasalarning professor-o‘qituvchilari, olimlari, ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

1

     Konferensiya ishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi ta’sirini takomillashtirish, soliqqa tortishning zamonaviy metod va mexanizmlarini joriy etish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, hamda soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish tizimi imkoniyatlarini kengaytirish xususida konferensiya ishtirokchilarning ilmiy ma’ruza tezislari plenar yig‘ilishda va anjuman shu'balarida eshitildi.

     Konferensiya ishtirokchilarining shu’balardagi yig‘ilishlarida ma’ruzalar muhokamasi olib borilib, ular asosida konferensiya mavzusi bo‘yicha ilmiy xulosa tayyorlanib, bildirilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etildi. Qiziqarli ma’ruza, ilmiy taklif va tavsiyalar bilan faol qatnashgan konferensiya ishtirokchilari Soliq akademiyasining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

2