O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Yangiliklar  /  Soliq akademiyasida kitob yarmarkasi tashkil etildi

Soliq akademiyasida kitob yarmarkasi tashkil etildi

« Back

Soliq akademiyasida kitob yarmarkasi tashkil etildi 11.05.2018 15:18

Soliq akademiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlariga binoan 2018 yil 11 may kuni akademiya talabalarining ma’naviy va ma’rifiy saviyalarini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda kitob koʻrgazma savdosi tashkil etildi.

4

Kitob savdosida ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan kitoblar yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

7

Akademiyada bu kabi kitob koʻrgazmalarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgani talabalarning vaqti hamda “naqdi”ni tejayotgani va albatta talabalar dunyoqarashi rivojlanishida katta omil ekani e’tirof etilmoqda. Shuningdek, kitob koʻrgazmalari yurtimizdagi nashriyotlar faoliyati va ularda chop etilayotgan yangi kitoblar bilan yaqindan tanishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.