O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasida 2016 yil 18 mart kuni “Soliq bilimdonlari” respublika tanlovining ichki saralash bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda 2 ta jamoa qatnashdi:
1-jamoa: “Intellektual yoshlar” jamoasi. СТ-131 guruh talabalari. Jamoa murabbiyi: Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi o‘qituvchisi A.Bozorov.
2-jamoa: “Yosh soliqchi” jamoasi talabalari. CТ-132 guruh talabalari. Jamoa murabbiyi: Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi o‘qituvchisi I.Davranov.
Tanlov 4 ta shart asosida o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra “Intellektual yoshlar” jamaoasi (82 ball) “Yosh soliqchi” jamoasi (80 ball)ga nisbatan yuqori ballar to‘plagan holda g‘olib jamoa sifatida e’tirof etildi.