O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Soliq stavkalariga o’zgartirishlar kiritildi

Soliq stavkalariga o’zgartirishlar kiritildi

« Back

Soliq stavkalariga o’zgartirishlar kiritildi 11.01.2016 17:36

Mazkur qaror asosida 2016 yil soliq stavkalariga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan:

2016 yildan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun foyda solig’ini rentabellik darajasidan kelib chiqib to’lash tartibi belgilandi. Unga muvofiq:

rentabellik darajasi 20 foizgacha bo’lganda - 7,5 foiz stavkada;

rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo’lganda foyda summasiga - 50 foiz stavkada soliq to’lash belgilandi.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirildi.

Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun yagona soliq to’lovi stavkasi ham 1 foizli punktga pasaytirilib, 5 foiz qilib belgilandi.

Faoliyatni yuritish joyidan qat’i nazar alkogolli va tamaki mahsulotlari, benzin, dizel va suyultirilgan gazni sotuvchi korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 4% miqdorida belgilandi.

Aksiz solig’i stavkalari respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy vino - 5 foizga, boshqa turdagi vinolar –15 foizga, filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar – 50 foizga, etil spirti – 20 foizga, konyak – 22 foizga, aroq va boshqa alkogol mahsulotlari – 15 foizga, pivo– 25 foizga, respublikada ishlab chiqarilgan o’simlik yog’iga aktsiz solig’i 5 foizga indeksatsiya qilindi.

Noruda qurilish materiallariga (tsement, ohak, gips va boshqa mahsulotlar xom ashyosi) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari birxillashtirilib yagona 5 foizlik stavka belgilandi;

Yagona yer solig’i stavkasini qishloq xo’jaligi yerlarining qayta hisoblangan normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilandi.

Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari stavkasi 7,0 foiz o’rniga 7,5 foiz miqdorida belgilandi.

Uyali aloqa kompaniyalari tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lanadigan to’lov 1500 so’m (2015 yilda 750 so’m) miqdorida belgilandi.

Avtomobil xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi kichik korxonalar xodimlari sonini 25 tadan 50 tagacha oshirgan holda kichik biznes sub’ektlariga berilgan imtiyoz va engilliklardan foydalanishi huquqi berildi.

Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar va to’qimachilik sanoati korxonalari uchun joriy etilgan imtiyozlarni amal qilish muddati 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasini ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda) 1 foizli punktga kamaytirilib, 7,5 foiz qilib belgilandi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq stavkalari o’zgarishsiz qoldirildi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning amaldagi stavkasi 15 foizga indeksatsiya qilindi va soliqning asosiy stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,5 foiz (2015 yilda 1,3 foiz edi) miqdorida belgilandi va mol-mulkni inventarizatsiya qiymatidan kelib chiqib, biroq 3 mln.so’mdan kam bo’lmagan miqdordan soliq hisoblash tartibi joriy qilindi.

Shu bilan birga, boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo’lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari – 1,8 foiz miqdorida belgilandi;

Masalan, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning inventarizatsiya qiymati 10,0 mln,so’m bo’lgan 400 m2 turar joyi uchun ilgarigi tartib bo’yicha 1,5 foiz stavka bo’yicha 150,0 ming so’m miqdorida soliq hisoblangan bo’lsa, kiritilayotgan o’zgartirishga muvofiq 1,8 foiz stavkada 180,0 ming so’m miqdorida mol-mulk solig’i to’lanadi.

Manba:www.soliq.uz saytidan