O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Sportning futbol turi bo‘yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o‘tkazildi.

Sportning futbol turi bo‘yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o‘tkazildi.

« Back

Sportning futbol turi bo‘yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o‘tkazildi. 12.09.2015 17:36

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga bag‘ishlab, Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 31 iyuldagi 35-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi Soliq akademiya rektorining 2015 yil 5 avgustdagi 16-F-sonli farmoyishidagi 2-ilovadagi rejaning 23-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan Jismoniy kafedra tomonidan 9-11 sentyabr kunlari Mustaqilligimizning 24 yilligiga bag‘ishlab Soliq akademiya talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqada akademiyaning bakalavr yo‘nalishidagi birinchi kursdan to‘rtinchi kursgacha bo‘lgan talabalar ishtirok etdilar. Musobaqada to‘rtta kurs terma jamoalari qurha tashlash orqali o‘zlarini raqiblarini aniqlab oldilar. Qur’a natijasiga ko‘ra  to‘rtinchi kurs talabalari birinchi kurs bilan, uchinchi kurs talabalari esa ikkinchi kurs bilan uchrashdilar. Musobaqa qoidasiga ko‘ra ikki juftlik uchrashuvdan g‘alaba qozongani to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalga chiqishi belgilangan. Qizg‘in bo‘lib o‘tgan musobaqa uchrashuvlarida to‘rtinchi kurs terma jamoasi birinchi kurs terma jamoasi bilan bo‘lgan bahsda 0-1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab musobaqani tark etishgan bo‘lsa, birinchi kurs futbol jamoasi o‘zining judayam chiroyli o‘yini bilan finalga yo‘l oldi. Ikkinchi kurs terma jamoasi esa uchinchi kurs terma jamoasi ustidan irodali 1-0 hisobida g‘alabaga erishib finalga yo‘l oldilar.

Musobaqaning so‘ngi kunidagi final uchrashuvi 1 va 2 kurs terma jamoalari kuch sinashdilar. Keskin hamda teng o‘tgan uchrashuvda kutilmaganda musobaqada juda chiroyli o‘yin ko‘rsatgan 1 kurs jamoasi 2 kurs terma jamoasi ustidan 2-0 hisobida ustun keldilar va musobaqa g‘olibi bo‘ldilar. Musobaqa ishtirokchilariga faxriy diplom berildi.

Musobaqa uchrashuvlarini “Jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Sodiqov tashkillashtirdi va hakamlik qildi.

20150923_1423571

20150923_151258

20150923_151407