O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostidagi tadbir

“Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostidagi tadbir

« Back

“Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostidagi tadbir 13.01.2016 17:15

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 11 yanvardagi №87-01-17 sonli xatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 9 dekabrdagi  F-4576-sonli farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil18 dekabrdagi  selektor yig‘ilishining 119-sonli bayoni”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Soliq akademiyasida 2016 yil 13 yanvar kuni “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida “Jasorat darslari” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida Soliq akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor B.Tuxliev kirish so‘zi bilan ochib- Vatan ostonadan, inson yashab, nafas olib turgan go‘shadan, uning kindik qoni to‘kilgan tuproqdan boshlanadi. Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg‘ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqat bilan yashashi, uning har qarich yerini ko‘ziga to‘tiyo qilishi, unga nisbatan bir umr qarzdorlik hissi bilan yashashi ham farz, ham qarz ekanligini alohida tahkidlab o‘tdi.

Vatanimiz mustaqilligi yo‘lidagi kurashlar tarixi haqida so‘z ketar ekan, bu yo‘lda o‘z yurtining ozodligi va xalqining baxt-saodati uchun hayot-mamot janglarida jonini qurbon qilgan ajdodlarimizning muqaddas nomlarini g‘urur bilan tilga olamiz. Chunonchi, To‘maris, Shiroq, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy, Amir Temur kabi ajdodlarimizning jasorati kelgusi avlodlar xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

SHundan so‘ng, “Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i X.Aliqulov so‘zga chiqib – Barchamizga mahlumki, 1991 yilning 31 avgustida «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, bu muhim hujjat yosh respublikamizga harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berdi. Mazkur qonun, «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi  bayonot o‘z Qurolli Kuchlarimizni tuzishimiz uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasida Qurolli Kuchlar davlatimiz suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi belgilab berilgan. Mana shu tamoyilning o‘zidan ham ko‘rinib turibdiki, armiya mudofaa maqsadlari uchun tuzilgan. Xalqimizning o‘z kuchi, bilimi va salohiyatiga tayanib, belgilab olgan taraqqiyot yo‘lini, hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaslik, hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaslik, bu dorilomon kunlarda ma’naviy haqqi bor ajdodlarning asriy orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish huquqini himoya qilish uchun milliy armiya tashkil etilgan. Istiqlol bergan bunday huquqlarni himoya qilolmaydigan millat, xalq tom mahnoda mustaqil bo‘lolmaydi.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi

O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli   himoya qilishga qodir, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan Qurolli Kuchlarimiz shakllandi. Sohibqiron bobomiz Amir Temur aytganlaridek: “Mamlakati quvvatli yurtning askari baquvvat bo‘lur, askari baquvvat yurtning mamlakati qudratli bo‘lur!”.

Xalqimizning bir kun janjal bo‘lgan joydan qirq kun baraka ketadi, degan naqlida katta hikmat bor. Dunyoning ayrim joylarida sodir bo‘layotgan ko‘ngilsizliklar oqibatida aholining halovati buzilgan. Deyarli har kuni begunoh insonlarning qoni to‘kilayotir. Maktab, shifoxona, madaniyat va ma’rifat maskanlari, ishlab chiqarish inshootlari, aholi turar joylari xarobaga aylanmoqda. Urush olovida yonib kul bo‘lgan shaharlar bundan atigi bir-ikki yil avval hayot jo‘shqin qaynagan obod maskanlar bo‘lganiga ishonging kelmaydi.

Hozirgi mana shu tinch va osuda hayot, musaffo osmon, farzandlarning beg‘ubor kulgisi, ota-onalarimizning shukronavor hayot kechirishlari diyorimizdagi barqarorlik tufaylidir. Tinchlik qaror topgan zaminda xotirjamlik va farovonlik hukm suradi. Mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, osuda hayotni asrash barcha fuqarolarning asosiy burchlaridan biridir.

O‘tkazilgan tadbir qatnashchilarda katta taasurot qoldirdi va qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha barcha savollarga tegishli javoblar oldilar.