O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Yangiliklar  /  Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o'tkazildi

Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o'tkazildi

« Back

Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o'tkazildi 22.03.2018 15:10

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 martdagi 187-F-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 15 martdagi 235-sonli buyrug'i ijrosi yuzasidan Soliq akademiyasida 2018 yil  18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hasharini uyushqoqllik bilan o'tkazdi.

Hasharda Akademiyaning 120 nafar xodimlari va 250 nafar talabalari ishtirok etdilar. Ikki kun movaynida Akademiya hududlarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 120 dona daraxtlarga shakl berildi, 175 dona daraxtlar oqlandi, 30 dona manzarali daraxtlar ekildi, 1180 kv.metr hududlardagi tashqi va ichki yo'laklar tozalandi, 890 kv.metr tashqi va ichki devor yoki temir panjaralar tartibga keltirildi, 1500 kv.metr irrigatsiya tarmoqlari tozalandi, 580 kv.metr yashil maydonlar tartibga keltirildi.

Akademiyaga biriktirilgan Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi "Bog'ishamol" nomli madaniyat va istirohat bog'i hududida tosh-tuproqlarni olish, tekislash va ahlatlarni chiqarish ishlari amalga oshirilib 1,0 ga maydon tozalanib tartibga keltirildi hamda 1,5 tonna chiqindilar chiqarib tashlandi.

Akademiya Boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi bilan kelishilgan holda hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridan tegishli mablag'lar O'zbekiston "Mahalla" hayriya jamoat fondi Toshkent shahar Uchtepa tumani bo'limining bankdagi hisob raqamiga o'tkazildi.

DSCN0043

DSCN0156

DSCN0136

DSCN0258