O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir

“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir

« Back

“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir 23.10.2015 15:05

Soliq akademiyasida 2015 yil 23 oktyabr kuni “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Soliq akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori B.Tuxliev ochib tadbir mehmonlarini tanishtirib o‘tdi. Prorektor akademiya talabalari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holati sodir etilishining oldini olish va ularni diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan saqlash, darslarga o‘z vaqtida qatnashishi holati bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida qisqacha axborot berdi. Joriy o‘quv yili davomida Akademiyada talabalarning davomati va xulq-atvori masalasi doimo akademiya rahbariyati va murabbiylar tomonidan nazorat qilinib borilayotganligi qayd etildi.

Uchtepa tumani IIB, HOOB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor S. Yusufjonov o‘z so‘zida quyidagilarni ta’kidladi.
Mamlakatimizda jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yo‘nalishda yoshlarning huquqbuzarlik yo‘liga o‘tishlarining oldini olishga katta e'tibor qaratilayapti.

12

Xususan, bugungi kunda qonunlarni yaxshi bilmaslik oqibatida huquqbuzarlik bilan bog‘liq jinoyatlar yuzaga kelayotganligi, bu jinoyatlarning aksariyati esa, voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida ro‘y berayotganligi, shuningdek, qing‘ir yo‘llar bilan bo‘lsa-da, mo‘may daromad topish, yengil hayotni ko‘zlashga bo‘lgan intilishlar, chunonchi, o‘g‘rilik, tajovuzkorlik, birovni mulkini talon-taroj qilish, insonlarga tan jarohati yetkazish kabi jangari harakatlar kundalik hayotda ko‘plab kuzatilayotganligini misollar asosida gapirib o‘tdi. 2010 yil 29 sentyabrda qabul qilingan «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonunda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga kiruvchi sub’ektlar, ulardan har birining vakolatlari aniq belgilab berilgan. Bu esa ushbu sohada mavjud bo‘lgan turli sansalorliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng Uchtepa tumani IIB HOOB VEO‘N va HPG inspektori, podpolkovnik, M.Otabekova so‘z olib tumanda yoshlar huquqbuzarliklarining oldini olishning tashkiliy va huquqiy choralarini belgilash va hal etishda bir qator muammolar mavjudligi haqida gapirib o‘tdi.3

Tumanda o‘tgan 2014 yil va joriy yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni, turi va motivlari tahliliy statistik misollar orqali ochib berildi.

Uchtepa tumani Ma’naviyat targ‘ibot bo‘limi rahbari – Sh.Shomutalova o‘z so‘zida farzand tarbiyasidagi mas’ullik va axloqiy mezonlarning milliy qadriyatlar bilan uyg‘unligiga e’tibor qaratdi.

4

Farzand niholga o‘xshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga yetadi. Bunda albatta oila, mahalla, jamiyatdagi muhit muhim ahamiyatga ega. O‘zi, oilasi, xalqi, ma’naviy ildizlari haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lgan bola jinoyat ko‘chasiga qadam bosmaydi. Bunga erishish uchun jamiyatning har bir a'zosi zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his etishi, burchini sidqidildan bajarishi lozim.

Yuqoridagi holatlar jamiyatda ota-onalarning rolini oshirish bilan birga yoshlarimizning huquqiy madaniyati va huquqiy qarashlarini yuksaltirishga hamda qonunga itoatkorlik xulqini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy va tashkiliy xususiyatga ega bo‘lgan keskin choralar ko‘rish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolarning ishtirokini ta'minlovchi qonun normalarini shakllantirish zaruratini ko‘rsatadi.

Talabalarning xulq-atvori bo‘yicha mashul sifatida avvalo guruh murabbiylarining mas’uliyatini oshirish lozimligi qayd etildi. Tadbirda shuningdek, guruh murabbiyi o‘z guruhida Toshkent shahrida ijarada yashaydigan talabalar bilan alohida shug‘ullanish bo‘yicha topshiriqlar berildi.