O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yuridik shaxslarni soliqqa tortish  /  2016 yilda YAITni eski stavka bo‘yicha, sug‘urta badallarini yangi stavka bo‘yicha to‘laymiz!

2016 yilda YAITni eski stavka bo‘yicha, sug‘urta badallarini yangi stavka bo‘yicha to‘laymiz!

2016 yilda YAITni eski stavka bo‘yicha, sug‘urta badallarini yangi stavka bo‘yicha to‘laymiz!

Fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari stavkasi oshirildi. 2016 yil 1 yanvardan boshlab, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilandi..

2016 yil 1 yanvardan boshlab   fuqarolarning sug‘urta badallari stavkasi 7,5% gacha oshirildi (2015 yilda – 7%). Biroq stavkaning oshirilishi fuqarolar uchun soliq yukining oshishiga olib kelmaydi, chunki jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq shkalasidagi  ikkinchi stavka 2016 yildan boshlab 8,5% dan 7,5% gacha pasaytirildi.

YAIT stavkalari o‘zgarishsiz qoldi va quyidagi miqdorlarda amal qiladi:

mikrofirma va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklari  uchun  – 15%;

boshqa to‘lovchilar uchun – 25%. 

Eslatib o‘tamiz, to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qonunchilik bilan YAITning imtiyozli (kamaytirilgan) stavkalari ko‘zda tutilgan:

- ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatidan foydalanadigan yuridik shaxslar, –  mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan 4,7%;

- "SOS - O‘zbekiston bolalar mahallalari" uyushmasi uchun – 7%, bo‘shaydigan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish sharti bilan.