O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yuridik shaxslarni soliqqa tortish  /  AJ moliyaviy hisobotlarni qachon e’lon qiladi!

AJ moliyaviy hisobotlarni qachon e’lon qiladi!

AJ moliyaviy hisobotlarni qachon e’lon qiladi!

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 29.12.2015 yildagi O‘RQ-396-son Qonun bilan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” 30.08.1996 yildagi 279–I-son Qonunga moliyaviy hisobotni e’lon qilish muddatlariga taalluqli o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi sub’ektining  boshqa oliy boshqaruv organi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishidan 2 hafta oldin kechiktirmay yillik moliyaviy hisobotni ijobiy auditor xulosasi bilan e’lon qilishi shart.Eslatib o‘tamiz, avval e’lon qilish muddati hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha belgilangandi.