O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yuridik shaxslarni soliqqa tortish  /  Aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim qilish va to‘lash tartibi o‘zgardi!

Aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim qilish va to‘lash tartibi o‘zgardi!

Aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim qilish va to‘lash tartibi o‘zgardi!

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son)bilan Soliq kodeksiga aksiz solig‘i bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorda belgilanishicha, 2016 yil 1 yanvardan boshlab, aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob har oylik asosda keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinadi hamda to‘lanadi.

Avval 2015 yilda aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob har chorakda soliq davridan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinardi. Bunda hisobot choragi mobaynida aksiz solig‘ining taxmin qilinayotgan choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyda joriy to‘lovlarni har oyning 25 sanasidan kechiktirmay amalga oshirish ko‘zda tutilardi. Ushbu tartib 2015 yildan joriy qilingan.

Bu o‘zgartirish shu bilan asoslanadiki, joriy to‘lovlarni har oyda amalga oshirish hisobot choragining joriy oyida realizatsiya kamaygan yoki mavjud bo‘lmagan taqdirda asossiz mablag‘larni chiqarishga, tegishincha, chorakda aksiz solig‘ini ortiqcha to‘lanishiga olib keladi. Aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish hajmi soliq solish ob’ekti ekanligini hisobga olgan holda, qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan o‘xshash jihatlari bo‘yicha aksiz solig‘ini haqiqatda realizatsiya qilingan hajmdan kelib chiqib to‘lashni joriy qilish taklif qilinmoqda. Qayd qilish lozimki, aksiz solig‘i to‘lovchilari uchun joriy to‘lovlarning mavjud emasligi – bu soliq to‘lashda muhim afzallik va engillik.

Aksiz hisob-kitobi va to‘lov muddatlari o‘zgarishining qiyosiy jadvali:

Ko‘rsatkichlar

2014y.

2015 y.

2016 y. kutilayotgan

1.Hisobot davri

oy

chorak

Oy

2. Hisob-kitoblarni taqdim qilish tartibi

har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay

har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay

har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay

3. Joriy to‘lovlar

joriy oyning 13 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi dekadasi uchun;

joriy oyning 23 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi dekadasi uchun;

keyingi oyning 3 sanasidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun

har oyning 25 sanasidan kechiktirmay aksiz solig‘ining choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida

mavjud emas

4. Soliq to‘lash muddatlari

Hisobot oyi yakunlari bo‘yicha qayta hisob-kitob

aksiz solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi

aksiz solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi