O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yuridik shaxslarni soliqqa tortish  /  Qanday imtiyozlar 2 yilga uzaytirildi

Qanday imtiyozlar 2 yilga uzaytirildi

Qanday imtiyozlar 2 yilga uzaytirildi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan quyidagi imtiyozlar 2018 yil 1 yanvargacha uzaytirildi:

- respublika to‘qimachilik sanoati korxonalarini mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha (Prezidentning 21.11.2007 yildagi PQ-733-son Qarorining 3-bandi);

- "O‘zbekengilsanoat" DAK korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha EMVga (QQSni nul stavka bo‘yicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) xarid qilishiga ruxsat berish bo‘yicha (Vazirlar Mahkamasining 25.03.2004 yildagi 141-son qarorining 5-bandi);

- "O‘zbekengilsanoat" DAK korxonalari tomonidan olib kelinayotgan ximikatlar, bo‘yoqlar, furnitura va aksessuarlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan boshqa yordamchi materiallar import bojxona bojlari to‘lashdan ozod qilinishi bo‘yicha (Vazirlar Mahkamasining 25.03.2004 yildagi 141-son qarorining 6-bandi);

SHuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga asosan yog‘-moy, go‘sht-sut, meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlashda ishlatiladigan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ularga ehtiyot qismlar, yordamchi materiallar, ingredientlar va komponentlarni bojxona to‘lovlaridan (bundan bojxona yig‘imlari mustasno) ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar 2019 yil 1 yanvargacha uzaytirildi (Prezidentning “2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 31.10.2011 yildagi PQ-1633-son Qarorining 11-bandi).

Qabul qilingan hujjat bilan  Prezidentning “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 28.01.2009 yildagi PQ-1050-son Qaroriga asosan ro‘yxat bo‘yicha nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga quyidagi ko‘rinishda berilgan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari uzaytirildi:

- mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig‘i va mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovlari, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etish;

- Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo hamda materiallarni bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etish;

- Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ro‘yxatiga kiritilmagan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini o‘zi uchun ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 60 kungacha bo‘lgan muddatga uzaytirish.

Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar jumlasiga sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari bo‘yicha kamida 60 foizini tashkil etadigan korxonalar kiradi.